Assalomu alaykum! Farzandim tug'ma yurak nuqsoni bilan tug'ilgan. Oradan bir oz vaqt o'tib operatsiya qildirgan edik. Jarroxlik amaliyotidan so'ng Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi tomonidan farzandimga nogironlik to'g'risidagi ma'lumotnoma berishdi. Soliq kodeksning 380-moddasining 7 bo'limida bolaligidan nogironligi bo‘lgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona. Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sog‘liqni saqlashmuassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi asosida imtiyoz beriladi deyilgan.Ya'ni daromad solig'i masalasidagi imtiyoz. Shunga ko'ra men buxgalteriyada murojaat qilganimda. Agar onasi Pensiya jamg'armasidan onasi pul olayotgan bo'lsa sizga ushbu imtiyoz berilmaydi deyishdi. Ammo kodeksda bu matnlar yuq. Ushbu masalada oydinlik kiritib bersangiz. Oldindan rahmat!!!