Assalomu alekum. Men farzandimni o'tgan yili iyul oyida Olmazor tumanidagi 271-sonli bolalar bog'chasiga navbatga qo'yganman. O'zim o'qituvchi bo'lib ishlayman. Shuning uchun imtiyozli navbatga qo'yilgan. Lekin 1yil o'tishiga qaramasdan haligacha navbati kelmadi. Katta farzandim shu bog'chani yaqinda bitirdi. Uning guruhidagi hamma bolalar maktabga chiqishdi. Shundayam 2-farzandimni navbati kelmadi. Shunday bo'lishi mumkinmi. Shu bog'cha menga juda kerak farzandimni tezroq joylashtirish uchun nima qilsam bo'ladi? Javobingiz uchun oldindan raxmat!