O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 sentyabrdagi 741-son “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilib, 2019 yil 12 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Asosiy vazifalar:
Uning ijrosini taʼminlash maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda "Birlamchi bepul huquqiy maslahat" loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyihani amalga oshirishda Buyuk Britaniyaning "Citizens Advice" tarmog‘i tajribalaridan foydalanildi.
Maʼlumot uchun: "Citizens Advice" – Buyuk Britaniya davlatida oʼtgan asrning oʼttizinchi yillarida tashkil etilgan boʼlib, u faoliyat shakli boʼyicha xayriya tashkiloti hisoblanadi va fuqarolarga ijtimoiy-huquqiy masalalar boʼyicha bepul yuridik yordam koʼrsatadi.
Hamkorlik to`g`risida memorandumlar
Amalga oshirilgan ishlar (infografika shaklida)
Jismoniy va yuridik shaxslar o'zlarini qiziqtirgan masalalar bo'yicha ariza, taklif va shikoyatlar bilan davlat organlarining ishonch telefonlariga murojaat qilishi mumkinligini eslatib o'tamiz. Ishonch telefonlari ro'yxati bilan havola orqali tanishing.