Sizning O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga Veb-sayt orqali 2024-yilning 30-mart kuni yuborilgan 51751-s/24-sonli murojaatingizga javoban quyidagilarni ma’lum qilamiz. Jumladan, Sizning aeroportda ish faoliyatingiz jarayonida sodir qilgan noqonuniy harakatlaringiz yuzasidan, “Namangan xalqaro aeroporti” MCHJ direktorining 2024-yil 12-mart kungi “Xizmat tekshiruvini o’tkazish to’grisida” buyrug’i chiqarilib, o'rnatilgan talablarga muvofiq, xizmat tekshiruvi o'tkazildi. Xizmat tekshiruvi davomida komissiya a’zolari bilan birgalikda siz bilan holat yuzasidan alohida suhbat o'tkazilib, natijada siz tomondan sodir qilingan harakatlar o'z qulingiz bilan yozilgan tushuntirish xatida aks ettirilgan. O'tkazilgan xizmat tekshiruvi davomida, Sizning ish faoliyatida yo'lovchilar bilan bog’liq, korrupsiya va tamagirlik holatlarini sodir qilganligingiz hamda parvozlar havfsizligiga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin holatlar yuzaga kelishiga sharoit yaratilganligi aniqlandi. Xizmat tekshiruvi davomida Siz tomondan, lavozim yo'riqnomasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 22-moddasi, “Uzbekistan Airports” AJning “Korporativ odob-axloq kodeksi” va “Odob-axloq komissiyasi to’grisida”gi Nizomning 4-bobi, 8,9,10-bandlari, 6-bobning 2,6,7,9-bandlari, 7-bobning 1 va 2 bandlariga amal qilmaganligingiz aniqlangan. Takidlash lozimki, Siz muqaddam parvozlar havfsizligiga salbiy ta’sir ko'rsatuvchi harakatlarni sodir qilganligingiz uchun, Sizga ishda qolishga imkoniyat berilib, “KPI” puli 100% miqdorda mahrum qilinib, intizomiy jazo berilgan. Hususan, “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruv raisining 2023-yil 16-may kunidagi 232-sonli buyrug’i bilan tuzilgan ishchi komissiya tomonidan “Namangan-Sochi” yo'nalishidagi reys bilan bo'lgan aviatsiya hodisasi o'rganilgan. Unda 2023-yil 04-may kungi “Namangan-Sochi” yo'nalishida parvoz qilgan havo kemasiga yuklar yuklash varaqasida ko'rsatilgan havo kemasi bo'linmasiga (otsek) joylashtirilmagan, natijada havo kemasi parvoziga salbiy ta’sir ko'rsatgan. Mazkur holat yuzasidan o'tkazilgan xizmat tekshiruvi davomida, Siz tomondan “Namangan xalqaro aeroporti” MCHJda havo kemasi markazlashtirish va yuklashni nazorat qilish texnologiyasining 3.1. bandi va lavozim yo'riqnomasining 2.2., 2.3, 2.6., 2.18. va 2.22. bandi talablari bajarilmaganligi aniqlangan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Namangan xalqaro aeroporti” MCHJ direktorining 2024-yil 29-martdagi 67-sonli shaxsiy tarkib bo’yicha “Mehnat shartnomasini bekor qilish to'grisidagi”gi buyrug’iga ko'ra, Siz bilan aeroport o'rtasidagi tuzilgan mehnat shartnomasi O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksning 161-moddasi 5-bandi, hamda “Uzbekistan Airports” AJning “Korporativ odob-axloq kodeksi” va “Odob-axloq komissiyasi to'grisida”gi Nizomning 4-bandiga asosan 2024- yil 02-aprel kunidan bekor qilinganligini ma’lum qilamiz. Agar javobimizdan qoniqmagan bo'lsangiz yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat etish huquqiga egasiz
Yoq
yok