Bunda:
yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so‘m etib;
nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so‘m etib;
kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori: 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun – 275 000 so‘m;
oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 165 000 so‘m;
oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 110 000 so‘m etib;
kam taʼminlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so‘m etib;
fuqarolarga to‘lanadigan boshqa pensiyalar va nafaqalar miqdorlari ilovaga muvofiq belgilanadi.
2025-yil 1-avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.
Bazaviy miqdorlarni belgilash
Quyidagilar:
2025 yil 1 iyuldan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 000 so‘m etib;
2025 yil 1 avgustdan boshlab: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m etib belgilanadi.