Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Qaysi toifadagi shaxslar xususiy pullik tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmatni bepul olishlari mumkin?

  • 3382

Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan aholining quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi:

  1. o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashovchi keksalar;
  2. I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar;
  3. muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar;
  4. ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar;
  5. yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
  6. 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  7. 1941–1945 yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
  8. qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan boshqa shaxslar.

Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun ularning shaxsini va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlarining mavjudligi asos bo‘ladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ko‘rsatiladigan bepul tibbiy xizmatlarning turlari va hajmi tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyada ko‘rsatilgan ixtisosliklar doirasida tashxis qo‘yish va davolash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Asossiz rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga (1003) murojaat qilishingiz mumkin.

  • Ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish tartibi.
  • Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish tartibi.
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar.
  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan bog‘lanish uchun havolaga o‘ting yoki ishonch telefoni 1003.
Chat