Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Abiturentlar OTMga hujjat topshirish uchun davlat xizmatlari markaziga qanday hujjatlar taqdim qiladi?

  • 7601

"Oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning MAʼMURIY REGLAMENTI"ning 8-bandida abiturentlar tomonidan davlat xizmatlariga qo‘yidagi hujjatlar taqdim etilishi belgilangan:  

  1. fuqarolik pasporti (ichki ishlar bo‘limlari tomonidan berilgan 09-shakl bo‘yicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami ko‘rsatilgan maʼlumotnoma);

  2. pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;

  3. umumiy o‘rta taʼlim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat.

Chat