Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Sport sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish yana-da takomillashtiriladi

  • 07.11.2023
  • 880 marta o'qildi

Sport sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (583-son, 03.11.2023 y.) qabul qilindi

Qaror bilan davlat sport taʼlim muassasalariga hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlari taqdiqlandi:

Reglamentga ko‘ra, davlat sport taʼlim muassasalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun ariza beruvchilar har yili quyidagi muddatlarda Davlat xizmatlari markaziga yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi:

  • Olimpia va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham);

  • Sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpia va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun 1 avgustdan 21 avgustgacha (shu kuni ham).

So‘rovnoma to‘ldirilib, 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Ariza beruvchining yashash manzili bo‘yicha sport taʼlim muassasasida tanlagan sport turi bo‘lmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa sport taʼlim muassasasi biriktiriladi.

Ariza beruvchi murojaati bo‘yicha yuborilgan sport taʼlim muassasasiga onlayn navbat bo‘yicha boradi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Shunga ko‘ra, qabul komissiyasi 1 ish kunida hujjatlarni imtihon topshirish uchun qabul qilish yoki sababini aniq ko‘rsatgan holda uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Murojaat rad etilganda ariza beruvchi 5 ish kunida avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.

Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.

Mazkur davlat xizmati 2023 yil 1 dekabrdan boshlab ko‘rsatilishi belgilangan. 

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan har yili 1 yanvargacha davlat xizmati ko‘rsatiladigan hududlar ro‘yxati, qabul muddatlari tasdiqlanib, o‘z rasmiy saytida eʼlon qilinadi. 

Ushbu tartib boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi sport taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 

Chat