Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

2024 yil 1 yanvardan nimalar o‘zgaradi?

  • 29.12.2023
  • 3977 marta o'qildi

1. O‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati uzaytiriladi

  • Qonunchilikka ko‘ra, fuqarolarning pensiya taʼminotini yaxshilash va pensionerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, pensionerga hisoblangan, lekin o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytiriladi. 

2. Maʼmuriy sudlarda davlat boji ishni ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra aybdor tarafdan undiriladi

Qonunchilikka ko‘ra, maʼmuriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlardan davlat bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etiladi. 

3. Pedagogik kasbga birinchi martta ishga qabul qilinganlar kasbiy sertifikatlanadi

Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining pedagogik kasblariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi. 

Bunda:

  • 2023/2024 o‘quv yilidan pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy maʼlumotli talabgorlar stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi;

  • stajyor-o‘qituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy maʼlumotli (toifasiz) o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi qo‘llaniladi.

4. Ayrim pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi

Davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi. 

Bunda:

  • malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda –– pedagogik mahorati baholanadi.

5. Maktab direktorlari har 5 yilda kasbiy sertifikatsiyalanadi

Qonunchilikka ko‘ra, umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktorlarini har 5 yilda bir marotaba kasbiy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. 

Bunda, sertifikatsiyadan o‘ta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.

6. Garov bilan taʼminlangan talablarni qanoatlantirish tizimi yana-da takomillashtiriladi

7. Mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln so‘mgacha oshiriladi

8. Kredit qarzdorligini undirish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda foizlar va neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi

Qonunchilikka ko‘ra:

  • iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida ko‘rilayotgan ishlar maʼmuriy sudlar yurisdiksiyasiga o‘tkaziladi;

  • soliq majburiyati bo‘yicha daʼvo qilish muddati 5 yildan 3 yilga tushiriladi.

  • aholi va tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar bo‘yicha foizlar va neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi;

  • to‘lov miqdori kredit majburiyatlarini bajarish uchun yetarli bo‘lmaganda, mablag‘larni birinchi navbatda mutanosib ravishda muddati o‘tgan asosiy qarz va foiz qarzdorliklarini, ikkinchi navbatda joriy to‘lov uchun hisoblangan foizlar va asosiy qarzni, keyingi navbatlarda neustoyka va ijro xarajatlarini qo‘llashga yo‘naltirish tartibi o‘rnatiladi. 

Chat