Adliya vazirligi va O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi moliyaviy ko‘magida “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida bepul yuridik yordam ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari va yuridik klinikalar uchun tanlov eʼlon qilgan edi.
Tanlovda 20 ta nodavlat notijorat tashkilotlari va yuridik klinikalar ishtirok etib, Baholash komissiyasining baholash natijalariga ko‘ra quyidagilar g‘olib deb topildi:
“Yilning eng faol bepul yuridik yordam ko‘rsatgan nodavlat-notijorat tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin – “Madad” nodavlat-notijorat tashkiloti;
2-o‘rin – Respublika “ISTIQBOLLI AVLOD” ijtimoiy-axborot markazi;
3-o‘rin – Qashqadaryo viloyati “Yuksalish” axborot-maslahat markazi.
“Yilning eng faol yuridik klinikasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin – Toshkent davlat yuridik universiteti yuridik klinikasi;
2-o‘rin – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi yuridik klinikasi;
3-o‘rin – Namangan viloyat yuridik texnikumi yuridik klinikasi.
Adliya vazirligi tanlovda faol ishtirok etgan barcha nodavlat-notijorat tashkilotlari va yuridik klinikalarga o‘z minnatdorligini bildiradi va tanlov g‘oliblarini tabriklaydi.