Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi yana-da kuchaytiriladi

  • 19.03.2024
  • 825 marta o'qildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-922-son, 18.03.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Ijara to‘g‘risida”gi Qonunga ijarachining nogiron bo‘lib qolganligi ijara shartnomasini tugatish uchun asos bo‘lishini bekor qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan talab qilib olinmagan pensiya summasini to‘lash muddati 12 oydan 24 oygacha uzaytirildi. 

Shuningdek fuqarolarga pensiya tayinlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilish huquqi berildi.

Bundan tashqari, Qonunda pensiyaning eng kam miqdori eng kam isteʼmol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligini belgilash, pensiyalar miqdorlarini yil davomida tovarlar va xizmatlarning isteʼmol narxlari indeksi darajasining o‘sish surʼatlarini inobatga olgan holda oshirib borish tartibi aniqlashtirildi. 

Shu bilan birga “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi Qonunga fuqaroda davlat pensiya taʼminoti huquqi yuzaga kelganligi to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasi tomonidan Xalq bankiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan maʼlumotlar fuqaroning pensiya to‘lovlarini olishi uchun asos bo‘lishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Chat