Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar qo‘llab-quvvatlanadi

  • 08.04.2024
  • 827 marta o'qildi

Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-59-son, 04.04.2024 y.) qabul qilindi

Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:

  • Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (Agentlik);

  • Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida 4 shtat birligidan iborat bo‘lgan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘limi (Bo‘lim);

Shuningdek, quyidagilar kiritiladi:

  • qambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori lavozimi;

  • O‘zbekistonning Buyuk Britaniya, BAA, Vengriya, Germaniya, Latviya, Polsha hamda Yaponiya davlatlaridagi diplomatik va konsullik muassasalari shtat jadvaliga qo‘shimcha ravishda 1 ta shtat birligidan iborat mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashe lavozimi.

Chat