O‘zbekistonda 1 maydan “tabaqalashtirilgan tariflar” bo‘yicha elektr energiyasi va gaz narxi o‘zgaradi
Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024–2025 yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda shu yilning 1 may sanasidan eʼtiboran, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi.
Demak, 1 maydan boshlab elektr energiyasi narxi isteʼmolchilarning I va II guruhlariga kiruvchi qismiga o‘zgarishsiz — 1 kVt/soat uchun 1000 so‘m hamda 900 so‘mdan qolmoqda.
Favqulodda vaziyatlarda ko‘ngillilar guruhlari tuzilmoqda
“Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024 yil 1 maydan zilzila xavfi va prognoziga oid xulosalarni har oyda joylardagi hokimliklarga kiritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, har bir hududda ko‘ngillilar guruhlari tuzilib, ularni kuchli zilzila paytida aholini qutqarish ishlariga jalb etish ko‘zda tutilgan.
Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordam ko‘rsatiladi
2024 yil 1 maydan reyestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun har oyda qo‘shimcha pul to‘lovlari o‘rniga yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun har oyda minimal isteʼmol xarajatlari miqdorida moddiy yordam joriy etiladi.
Ijro etuvchi hokimiyatlarning hududiy boshqarmalari elektron hujjat aylanishiga o‘tadi
“Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoniga muvofiq, 1 maydan ijro etuvchi hokimiyatning hududiy bo‘linmalari va ular tasarrufidagi tashkilotlar “edo.ijro.uz” tizimiga to‘liq o‘tkaziladi.
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani tajribasi amalga oshiriladi
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi tadbirkorlik subyektlari ehtiyojmand aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish jarayoniga autsorsing asosida jalb etiladi.
O‘zbekistonda ayrim daryolar o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi:
Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan moratoriy tatbiq etiladigan hududlar chegaralari belgilanadi;
daryo o‘zanlari, sohil bo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag‘al materiallari qazib olish huquqi faqat “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilinadi.
Xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi yana-da takomillashtiriladi
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarga 10 dan ortiq xulosalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning tartibi belgilangan.
Fermerlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini qaytarish bo‘yicha eksperiment yakunlanadi
2023 yil 1 apreldan 2024 yil 1 mayga qadar tajriba tariqasida respublika byudjetidan paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini bir vaqtning o‘zida qaytarib berish tartibi joriy etilgan edi.
Auksion savdosi orqali sanitariya-gigiyena punktlarini o‘rnatish huquqini qo‘lga kiritish mumkin bo‘ladi
Tadbirkorlik subyektlariga alohida jamoat joylari, ah