Joriy yilning 13 may kuni Shahrisabz shahrida “Madad” NNT va Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi (BMTTD) ning “O‘zbekiston aholisiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish” loyihasi doirasida o‘quv seminar tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbir davomida o‘qituvchilar, talabalar va MFY faollari ishtirok etishdi. Mazkur tadbirda aholiga birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish, “Gender-madad” huquqiy maslahat platformasidan foydalanish shartlari va ushbu plaftformada ayollar va erkaklarning teng huquqliligini taʼminlash, ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, bepul huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yilganligi yuzasidan muzokalar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli mutaxassislardan javoblar olishdi.