Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Hukumat Qarori (354-son, 25.06.2024 y.) bilan “Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularningvoyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti” tasdiqlandi

  • 26.06.2024
  • 966 marta o'qildi

Unga ko‘ra, Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar, boshqa jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan tazyiq va zo‘ravonlik holati to‘g‘risida quyidagi shakllarda murojaat qilinadi:

  • “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimga;

  • ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga yoki bevosita profilaktika inspektorlariga;

  • “112” yagona dispetcherlik xizmati hamda 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga.

Murojaat bo‘yicha 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:

  • xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o‘tkaziladi;

  • ijtimoiy xodim xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining holatini dastlabki tarzda baholash choralarini ko‘radi;

  • profilaktika inspektori xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtiriladi hamda zaruratga ko‘ra birlamchi ko‘mak xonalariga joylashtirish uchun tegishli dalolatnomani rasmiylashtirishga doir choralarni ko‘radi;

  • ijtimoiy xodim va profilaktika inspektori tomonidan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari ularning roziligi asosida birlamchi ko‘mak xonasiga joylashtiriladi.

Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlar “Inson” markazlari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlari tomonidan ko‘rsatiladi.

Chat