Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

“Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-111-son, 16.08.2024 y.) qabul q

  • 19.08.2024
  • 710 marta o'qildi

Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 oktyabrdan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholashning soddalashtirilgan va kengaytirilgan tartibi joriy qilinadi.

Bunda: 

soddalashtirilgan tartibda loyiha ishlab chiqilishidan oldin quyidagi tartibga solish vositalari baholanadi va baholash natijalari yuzasidan Adliya vazirligining dastlabki xulosasi olinadi:

  • jismoniy va yuridik shaxslarga majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlarni belgilash, ularni o‘zgartirish yoxud talablarga rioya qilishni yoki ularni bajarishni taʼminlash bilan bog‘liq taʼsir choralarini qo‘llash;

  • tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyoz, preferensiya va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini joriy qilish, ularning taʼsir doirasini kengaytirish yoki qisqartirish;

kengaytirilgan tartibda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari baholanadi:

  • soddalashtirilgan baholash natijalari bo‘yicha iqtisodiy, ijtimoiy va atrof-muhitga taʼsiri darajasi yuqori deb topilgan loyihalar;

  • Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari hamda baholash sohasidagi vakolatli organlar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor tomonlarning taklifiga ko‘ra kengaytirilgan baholashdan o‘tkazilishi lozim deb topilgan loyihalar.

Chat