Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

1 noyabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

  • 31.10.2024
  • 174 marta o'qildi

Tovar-xomashyo birjalariga yangi talablar qo‘yiladi

Litsenziya olish uchun tovar-xomashyo birjalari quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:

  • mulk huquqi asosida litsenziyalangan birja savdolarining elektron tizimi;

  • umumiy xotirasi 100 TV bo‘lgan server uskunalari va alohida maʼlumotlarni qayta ishlash markazi;

  • elektron birja savdolari tizimining himoyasi;

  • xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan integratsiya doirasida mablag‘larni kiritish va hisobdan chiqarishni inson aralashuvisiz amalga oshirish imkonini beruvchi dasturiy taʼminot.

100 mln so‘mgacha garovsiz kreditlarni qayta moliyalash stavkalari kuchga kiradi

Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlashning kompleks dasturi doirasida 100 mln so‘mgacha garovsiz mikrokreditlar kichik tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan hududlar toifasidan kelib chiqib, mikrokredit beruvchilarga quyidagi stavkalarda qayta moliyalanadi, xususan:

  • 5-toifaga – 12,5%;

  • 4-toifaga – 13,5%;

  • 3-toifaga – 14,5%;

  • 2-toifaga – 17%;

  • 1-toifaga – 18%.

Avtobuslarni nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi

Qonunchilikka ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarning avtobuslarni nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi. 

Tayyor zargarlik buyumlariga nisbatan import bojxona boji kamaytiriladi

Qonunchilikka ko‘ra: 

  • chet elda ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini, basharti ular bo‘yicha bojxona to‘lovlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmasa, sotuvga qo‘yish va chakana savdoda realizatsiya qilish man etiladi;

Bunda ushbu tartib buxgalteriya hisobi qonunchiligiga muvofiq 2024 yil 1 sentyabrgacha rasmiylashtirilgan (kirim qilingan) zargarlik buyumlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

  • qimmatbaho metallarning hamda qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallarning chiqindilari va parchalari litsenziya asosida eksport qilinadigan maxsus turdagi tovarlar ro‘yxatiga kiritiladi;

  • Asillik inspeksiyasining xulosasi bo‘lmagan yarim tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish man etiladi;

  • jismoniy shaxslarga og‘irligi 200 grammgacha bo‘lgan kumushdan hamda 65 grammgacha bo‘lgan oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, ushbu miqdorlardan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi;

  • 2027 yil 1 yanvargacha O‘zbekistonga olib kiriladigan tayyor zargarlik buyumlariga nisbatan import bojxona bojlari 20 foizdan 10 foizgacha kamaytiriladi.

"Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash" dasturi doirasida tadbirkorlarga beriladigan kredit 300 million so‘mgacha oshiriladi 

Qonunchilikka ko‘ra, Prezident qaroriga  asosan amalga oshirilayotgan “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish yoki ular bo‘yicha kafilliklar taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda tijorat banklariga va mikromoliya tashkilotlariga o‘z resurslari hisobiga mazkur mikrokredit miqdorini 300 million so‘mgacha oshirishga ruxsat etiladi. 

Shuningdek, davlat dasturlari asosida kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari jalb qilinadi.

Chat