Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi

  • 19.12.2024
  • 46 marta o'qildi

“Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (836-son, 13.12.2024 y.) qabul qilindi 

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

  • Kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Shuningdek, diplom loyihasi hamda bitiruv malakaviy ishi himoya qilinadigan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati taʼlim sohalarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

2025 yil 1 yanvardan kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish o‘quv rejalariga “Germaniya tajribasi” asosida bitiruvchilarni baholash bo‘yicha o‘quv kursi kiritiladi.

Chat