Joriy yilning 29 may kuni Turkmaniston Adliya vaziri o‘rinbosari Sapa Jumayev boshchiligidagi delegatsiya “Madad” nodavlat notijorat tashkilotiga rasmiy tashrif buyurdi.
Uchrashuv chog‘ida delegatsiya a’zolari tashkilot faoliyati, huquqiy yordam ko‘rsatish mexanizmlari hamda fuqarolarning huquqiy ongini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslar bilan tanishdi. Tomonlar o‘zaro tajriba almashish, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
Tashrif yakunlari bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi.