Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Singapur Bosh prokuraturasi vakillarining “Madad” NNTga tashrifi

  • 30.05.2025
  • 36 marta o'qildi

2025 yil 30 may kuni Singapur Bosh prokurori Lyusyen Vong boshchiligidagi delegatsiya “Madad” nodavlat notijorat tashkilotiga rasmiy tashrif buyurdi.

 

Tashkilotimiz Singapur Bosh prokuraturasi bilan qator ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor hisoblanadi. Xususan, quyidagi sohalarda yaqin aloqalarni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

Jumladan, qonuniylikni taʼminlash va inson huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida tajriba almashish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga huquqiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini yana-da takomillashtirish bo‘yicha; 

 

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy bazani tatbiq etish, ushbu jarayonda jamoatchilik va nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokini kengaytirishda Singapurning ilg‘or tajribasini o‘rganish;
elektron va raqamli huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida Singapurda qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlarni tahlil qilish va ularni milliy amaliyotga joriy etish.

Бизнингча, мазкур ҳамкорлик икки томон учун ҳам фойдали бўлиб, ҳуқуқий соҳадаги тизимли ислоҳотларни янада чуқурлаштиришга хизмат қилади. 

Chat