Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Barcha idoralarda davlat xizmatchilarining oila aʼzolari uchun "oilaviy kunlar" tashkil etiladi

  • 23.06.2025
  • 49 marta o'qildi

Счастливая узбекская семья рисунок» — картинка создана в Шедевруме


"Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" prezident farmoni qabul qilindi. 

Unga ko‘ra, davlat xizmatining imijini yaxshilash hamda davlat xizmatchilari uchun munosib shart-sharoitlar yaratiladi. Har bir vazirlik va idoralarda davlat xizmatchilarining oila aʼzolari uchun “oila kuni” tadbirlari (family day) tashkil etiladi.

Bundan tashqari, davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi va keyinchalik faoliyatining ijobiy natijalariga ko‘ra mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga uzaytiriladi.

Davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari majburiy “Davlat xizmatiga kirish” maxsus kurslarini va keyinchalik har uch yilda kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarini o‘taydi hamda mazkur kurslarning yakunlari bo‘yicha ularning nazariybilim va ko‘nikmalari diagnostikadan o‘tkaziladi.

Chat