Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

1-sinfga onlayn qabul boshlandi

  • 23.06.2025
  • 73 marta o'qildi

Мактабларда 1-синфга қабул 20 июндан бошланади


2025-2026 o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul bugun, 20 iyun kuni soat 09:00 dan boshlandi. Bu haqda Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi xabar berdi.

Elektron arizalarni vazirlikning my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborish mumkin.

Agar elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki Telegram‘dagi  @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali javob olish mumkin.

Qayd etish joiz, “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018 yilning 31 dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Chat