Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

“Mahalla servis” kompaniyalariga soliq imtiyozlari beriladi

  • 27.06.2025
  • 13 marta o'qildi

Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, “Mahalla servis” kompaniyalari tomonidan mahallalarni obod qilish bilan bog‘liq ishlarni bajarish va aholiga qonunchilikda belgilangan ayrim ijtimoiy pulli xizmatlar ko‘rsatishdan olingan mablag‘lar soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlarga kiritildi.

Shuningdek, mazkur xizmatlarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan binolar joylashgan yer uchastkalari yer solig‘i solish obyekti hisoblanmasligi belgilandi. 


Quyidagi daromad turlariga soliq solinmasligi ko‘zda tutildi:

Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan fuqarolarning, shuningdek ular xotini (eri)ning daromadlari;

“Mahalla servis” kompaniyalari xodimlarining faoliyati natijasida olingan, ularning soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi tarzidagi daromadlari.

Bundan tashqari, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov va Toshkent viloyatining Ohangaron tumanlarida tashkil etilgan charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyalari mol-mulk, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashdan 2025 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha ozod etilishi ko‘rsatildi. 

! Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Chat