Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

FHDY organlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar yangilandi!

  • 27.06.2025
  • 18 marta o'qildi

FHDY organlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarda yana bir nechta qulay yangiliklar joriy etildi!


Tug`ilganlik haqida guvohnoma «bir darcha» orqali beriladi - Darakchi.uz


► Endi agar tug‘ilganlik, nikoh yoki ajrim yozuvi arxivda topilmasa, 16 yoshdan katta fuqaro yozuvni tiklash, tuzatish yoki o‘zgartirish uchun  my.gov.uz orqali ariza topshirishi mumkin. 
Bunda, shaxsni tasdiqlash Face-ID yoki MyID orqali avtomatik aniqlanadi.

► Arizaga 1 ish kuni ichida javob beriladi.

► FHDY yozuvlarini o‘zgartirish bo‘yicha berilgan arizalar Ichki ishlar organi tomonidan 20 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Soxta hujjatlar, tergov holati yoki ochilmagan jinoyat aniqlansa — ariza rad etiladi.


Takroriy guvohnomalarni endi pochta orqali ham olishingiz mumkin!
• Ariza — YIDXP orqali beriladi;
• Guvohnoma — 1–3 ish kunida tayyor bo'ladi;
• Yetkazib berish — siz istagan manzilga (xarajat arizachidan).

Chat