Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Pensiya va nafaqalar hamda kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari oshiriladi.

  • 30.06.2025
  • 30 marta o'qildi

 Qonunchilikka ko‘ra, pensiya va nafaqalar hamda kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari 10 foizga oshiriladi. 



Bunda:

 yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so‘m;

 nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so‘m;

 kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

► 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun – 275 000 so‘m; 
► oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 165 000 so‘m;
► oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 110 000 so‘m;

 kam taʼminlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 000 so‘m etib belgilandi.

Chat