1 iyuldan boshlab yo‘lovchilar pasport yoki ID-karta ushbu hujjatlarning elektron variantini ko‘rsatishlari mumkin. Biroq, skrinshotlar, fotosuratlar va qog‘oz nusxalari qabul qilinmaydi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 1 iyuldan boshlab yo‘lovchilar mahalliy yo‘nalishlardagi parvozlarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron variantidan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi, deya xabar berdi Uzbekistan airports Matbuot xizmati.
Aeroportda ro‘yxatdan o‘tishdan oldin yo‘lovchi my.gov.uz sayti/mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetiga kirib, shaxsiy maʼlumotlar sahifasiga o‘tadi va elektron shaklda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tish joyidagi xodimga ko‘rsatadi.
Shuni taʼkidlash lozimki, faqat my.gov.uz sayti/mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi joriy maʼlumotlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi, shuning uchun ro‘yxatdan o‘tish paytida shu kabi hujjatlarning nusxalari, fotosuratlari, pasport/ID‘ning skanerlangan variantlari yoki shaxsiy maʼlumotlar bo‘lgan veb-sayt sahifasining “skrinshot”lari qabul qilinmaydi.