Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

  • 03.07.2025
  • 968 marta o'qildi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Respublikada nodavlat taʼlim xizmatlari sifatini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 403-sonli qarori qabul qilindi.


O‘zbekistonda xususiy OTMlarga yangi talablar joriy etilmoqda


Unga ko‘ra, litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari quyidagilardan iborat:

 talabgor tomonidan tashkil etilayotgan oliy taʼlim tashkilotining konsepsiyasi taqdim etiladi;

Konsepsiyada quyidagilar ko‘rsatiladi:

▪️ taʼlim tashkilotining nomi;

▪️ maqomi;

▪️ boshqaruv tizimi va kadrlari;

▪️ asosiy taʼlim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari;

▪️ qabul parametrlari;

▪️ taʼlim sifatini taʼminlash tizimi va vositalari;

▪️ to‘lov-kontrakt miqdori va uning hisob-kitobi;

▪️ taʼlim tashkilotini rivojlantirish bo‘yicha 5 yillik strategik rejasi;

▪️ taʼlim tashkiloti faoliyatiga oid boshqa muhim masalalar.

▪️ talabgor tomonidan nodavlat oliy taʼlim tashkilotining taʼlim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan moddiy-texnik baza, dasturiy taʼminotni o‘z ichiga olgan dastlabki ustav fondi (ustav kapitalini) 2 mln AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantiradi;

▪️ Keyinchalik talabalar sonining ko‘payib borishiga mutanosib ravishda ustav fondi oshirib boriladi;

▪️ Talabgor tomonidan 350 ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtiriladi;

▪️ Tashkil etilayotgan oliy taʼlim tashkilotining taʼlim jarayoniga mo‘ljallangan bino va inshootlari maydoni 5 ming kv/metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Bunda bino universitetning o‘z mulki bo‘lishi shart emas, kamida 5 yil muddatga tuzilgan ijara (tekin foydalanish) shartnomasi asosida ish boshlash ham mumkin;

▪️ Oliy taʼlim tashkiloti tashkil etilgan vaqtdan boshlab dastlabki 5 yil davomida uning yillik sof foydasining kamida 80 foizi, keyingi yillarda esa kamida 50 foizi mazkur taʼlim tashkilotining asosiy faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltiradi.

⇒ Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

⇒ Qaror kuchga kirgunga qadar litsenziya olgan tadbirkorlik subyektlari 2026 yil 1 yanvarga qadar o‘z faoliyatini yangi litsenziya talablari va shartlari asosida tashkil etishi lozim.

Chat