Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

“Madad” NNT va “Yuksalish” harakati: Hamkorlikning yangi bosqichi!

  • 15.08.2025
  • 21 marta o'qildi

Bugun “Madad” Nodavlat notijorat tashkiloti va “Yuksalish” umummilliy harakati o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan asosiy maqsad – tashkilotlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yana-da chuqurlashtirish va hamkorlikni kuchaytirishdan iborat.

Uchrashuvda har ikki tashkilotning asosiy maqsadlari yana bir bor taʼkidlanib, qayd etildiki, “Yuksalish” harakati va “Madad” NNT o‘rtasidagi hamkorlik juda samarali bo‘lish salohiyatiga ega. 

Sababi, tashkilotlarimizning maqsadlari bir-birini to‘ldiradi va jamiyat farovonligi yo‘lida yagona bir yo‘nalishga qaratilgan.

Ushbu hamkorlikdan katta umidvormiz va kelgusidagi qo‘shma loyihalarimiz haqida xabar berib boramiz!

Chat