Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Hamkorlikning yangi ufqlari: “Madad” NNT va Shveysariya Hamkorlik va Rivojlanish Agentligi uchrashuvi!

  • 05.09.2025
  • 53 marta o'qildi

Bugun “Madad” NNT ijrochi direktori Sh. Saidov Shveysariya Hamkorlik va Rivojlanish Agentligi (SDC) rahbari o‘rinbosari, hurmatli Keller xonim hamda agentlik maslahatchisi janob Shamshodbek Yunusov bilan muhim uchrashuv o‘tkazdi.


 


Uchrashuv davomida “Madad” NNTning faoliyati, erishgan yutuqlari va kelajakdagi rejalari taqdim etildi.

“Madad” NNT O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati tashkilotlari  salohiyati va barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan SDC konsepsiyasi doirasida faol hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Bu kelishuv  O‘zbekistonda kuchli va barqaror fuqarolik jamiyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Biz ushbu uchrashuv kelajakdagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab berishi va samarali natijalarga erishish uchun mustahkam poydevor yaratishiga ishonamiz!

Chat