Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi faoliyati tartibga solindi

  • 15.09.2025
  • 15 marta o'qildi

Prezident qarori (PQ–275-son, 08.09.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 

Nizom Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi maqomi, vazifa va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi, jumladan:

⇒ taʼlim tashkilotlarida ichki sifat nazorati mezonlari va tartiblarini takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berish;

⇒ taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini o‘rganish yuzasidan ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish hamda so‘rovnomalar o‘tkazish.

Agentlik tuzilmasiga Agentlikning markaziy apparati hamda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti kiradi.

Chat