Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining shtat birliklari soni maqbullashtiriladi

  • 08.10.2025
  • 17 marta o'qildi

“Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–178-son, 04.10.2025 y.) qabul qilindi. 

Farmondan ko‘zlangan maqsad etib, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini taʼminlash hamda boshqaruv xarajatlarini qisqartirish  belgilandi.

2025 yil 1 noyabrdan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining maqbullashtiriladigan boshqaruv shtat birliklari soni tasdiqlandi.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari: 

▪️ sohaga oid bo‘lmagan vazifalarning qisqartirilishi va faoliyatiga raqamli texnologiyalarning joriy etilishini; 

▪️ maʼlumotlarni qayta ishlash hamda sunʼiy intellektga asoslangan loyihalarni ishga tushirish uchun texnik infratuzilma yaratish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida mazkur yo‘nalishdagi ustuvor loyihalar amalga oshirilishini; 

▪️sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kadrlar salohiyati rivojlantirilishini taʼminlab boradi.

Chat