Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Alohida tuman (shahar) va mahallalar namunali hududga aylantiriladi

  • 13.10.2025
  • 61 marta o'qildi

“Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–298-son, 08.10.2025 y.) qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, alohida tuman (shahar) va mahallalar namunali hududga aylantiriladi. 

“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” loyihasi doirasida har yili quyidagilar amalga oshiriladi, jumladan:

► kamida 50 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida investitsiyalarni jalb qilgan holda oziq-ovqat, mebelchilik, qurilish materiallari, tikuvchilik va boshqa ixtisoslashgan yo‘nalishlarda kamida 10 tadan yirik investitsiya loyihalari ishga tushiriladi;

► ilgari o‘z mahsuloti bilan tashqi bozorlarga chiqmagan kamida 3–5 tadan korxona eksport faoliyatiga jalb qilinadi;

► xorijiy davlatlardan texnolog, marketolog, brend-menejer kabi mutaxassislarni jalb qilgan holda kamida 1 ta korxonada milliy brend mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi;

► 10 nafardan tadbirkorlar xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan ixtisoslashgan sanoat ko‘rgazmalariga tajriba almashish uchun yuboriladi.

✔️  “Yashil” va energiya samarador hududlarni rivojlantirish doirasida:

► 2026 yil 1 yanvardan boshlab barcha davlat idoralari va ijtimoiy soha muassasalari binolari faqat energiya samaradorlik tamoyillari asosida quriladi va modernizatsiya qilinadi;

► 2027 yil 1 yanvarga qadar davlat idoralari, davlat ishtirokidagi korxonalar va ijtimoiy soha muassasalari energiya samarador uskunalar bilan to‘liq jihozlanadi.

2026 yil 1 martdan boshlab bittadan ijtimoiy soha muassasasi binolarini “Nol energiya sarfli binolar” konsepsiyasi asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha pilot loyihalar boshlanadi.

Chat