Bugun “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashkilotimiz vakillari Buyuk Britaniyaning keksalarga yordam berish bo‘yicha yetakchi tashkilotlaridan biri bo‘lgan "Age UK Hertfordshire" bilan hamkorlik uchrashuvini o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida “Madad” NNT o‘zining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, erishilgan yutuqlari va kelgusi rejalari bilan tanishtirdi. Shuningdek, "Age UK Hertfordshire" tashkilotining keksa avlod vakillarining huquqlarini himoya qilish, ularga ijtimoiy va psixologik ko‘mak berish borasidagi boy tajribalari chuqur o‘rganildi. Tashkilotning mintaqadagi faoliyat yo‘nalishlari, amalga oshirgan loyihalari va muvaffaqiyatli yondashuvlari biz uchun katta qiziqish uyg‘otdi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra:
Tomonlar kelajakda yaqin va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.
Ushbu hamkorlikni rasmiylashtirish maqsadida Hamkorlik memorandumini (MOU) imzolash bo‘yicha dastlabki shartlar kelishib olindi.
Bu hamkorlik keksalarga ko‘mak berish va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlarda yangi imkoniyatlar ochishiga, ikkala tashkilot tajribasining o‘zaro almashinuviga zamin yaratishiga ishonamiz!