Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Xalqaro hamkorlik yo‘lida uchrashuvlar davom etmoqda

  • 14.10.2025
  • 23 marta o'qildi

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda “Madad” NNT vakillarining Buyuk Britaniyaga amaliy tashrifi davom etmoqda. 

Tashrif davomida bugun Muassasa rahbariyati va maʼsul xodimlari "VMC Consulting" kompaniyasi vakillari bilan o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad - bu  taraflar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish va kelgusidagi istiqbollari loyihalarni birgalikda davom ettirish hisoblanadi.

Uchrashuvda dastlab Muassasa ijrochi direktori Sh.Saidov  tomonidan "VMC Consulting" kompaniyasi rahbari D.Marshallga Muassasaning asosiy vazifalari, erishilgan yutuqlari va kelgusi rejalari bilan tanishtirilgan bo‘lsa, "VMC Consulting" kompaniyasi rahbari D.Marshall tomonidan esa Muassasaning vakillariga fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan ijtimoiy loyihalarni samarali amalga oshirish va NNTlarga moliyaviy ko‘mak berish yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.

Muzokaralar jarayonida “Madad” NNT rahbariyati, o‘z navbatida, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash yo‘lidagi saʼy-harakatlar doirasida bunday hamkorlik aloqalarining ahamiyatini eʼtirof etdi. 

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha taraflar o‘rtasida xalqaro miqyosdagi hamkorlikni izchil davom ettirish va  kengaytirish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Chat