Bugun “Madad” NNTga amaliyot o‘tash uchun Toshkent davlat yuridik universitetining talabalari tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarni huquqiy sohada amaliy ko‘nikmalar bilan taʼminlash, aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish jarayonlarida bevosita ishtirok etish imkoniyatini yaratishdir.
Muassasa xodimlari talabalarni “Madad” NNTning faoliyat yo‘nalishlari, “Advice.uz” huquqiy axborot portalini doimiy yuritish, aholiga bepul yuridik yordam berish jarayoni, huquqiy hujjatlar bilan ishlash hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi bilan tanishtirishdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va amaliy misollar asosida bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Bunday tashriflar orqali talabalar nafaqat nazariy bilimlarini boyitish, balki kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantirishadi. Shu orqali ularni yuqori malakali, yetuk mutaxassislar sifatida tayyorlash maqsad qilib qo‘yilgan.