Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Favqulodda vaziyatlar xavfini bartaraf etish sohasiga sunʼiy intellekt, robototexnika va zamonaviy raqamli texnologiyalar keng joriy etiladi

  • 22.10.2025
  • 20 marta o'qildi

“Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan  yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–185-son, 20.10.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

► hududlarda favqulodda vaziyatlarning barvaqt oldini olish va oqibatlarini kamaytirish faoliyatini ustuvor vazifa sifatida qabul qilish orqali mahallalar darajasida keng qamrovli profilaktika mexanizmlarini yaratish va samarali tatbiq qilish;

► favqulodda vaziyatlar yo‘nalishida davlat nazorati shakllarining talablari hamda meʼyorlarini zamon talablariga mos ravishda qayta ko‘rib chiqish hamda ularni amalga oshirish mexanizmlarini transformatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini belgilash;

► favqulodda vaziyatlar xavfini bartaraf etish sohasiga sunʼiy intellekt, robototexnika va zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, mazkur holatlarning oldini olishga masʼul idora va tashkilotlarning axborot tizimlarini yagona texnologik platformaga birlashtirish.

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish konsepsiyasi doirasida davlat siyosatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

► favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda profilaktik tadbirlarini “mahallabay” va “xonadonbay” amalga oshirish;

► aholi, ko‘ngilli qutqaruvchilar va volontyorlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlariga keng jalb etish;

► monitoring va prognoz ko‘rsatkichlarini baholash hamda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlari, talafoti va ko‘lamini aniqlash metodikasi va metodologiyasini zamon talablariga muvofiqlashtirish; 

► energetika, radiatsiyaviy, kimyoviy, yonish-portlash va boshqa xavf manbai yuqori iqtisodiyot obyektlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini taʼminlash.

Chat