Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

“Sirli mijoz” tadbirlarini o‘tkazish tartibi belgilandi

  • 27.10.2025
  • 23 marta o'qildi

Hukumat qarori (667-son, 22.10.2025 y.) bilan “Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayinlash, realizatsiya qilish hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini nazorat qilishda “sirli mijoz” tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida dori vositalarini va tibbiy buyumlarni dorixonalar tomonidan chakana realizatsiya qilish tartibiga amal qilish, tibbiy xizmat ko‘rsatish (tibbiy diagnostika, muolaja, dori buyurish) faoliyatini nazorat qilishda “sirli mijoz” tadbirini o‘tkazish tartibini belgilaydi.

“Sirli mijoz” tadbirining vazifalari quyidagilardan iborat, jumladan:

♦ mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tibbiyot tashkilotlari faoliyatida belgilangan tartiblarga rioya qilinishini o‘rganish va amaldagi talablar buzilishining oldini olish;

♦ isteʼmolchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini himoya qilish va sohadagi tizimli muammolarni o‘rganish;

♦ o‘tkazilgan “sirli mijoz” tadbiri natijalari asosida amaldagi talablarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 

“Sirli mijoz” tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida vakolatli organ tomonidan buyruq chiqariladi.

“Sirli mijoz” tadbirini dorixonada o‘tkazishda “sirli mijoz” isteʼmolchi (xaridor) sifatida dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotib olish uchun dorixonaga tashrif buyuradi. 

Bu holatda “sirli mijoz”ning vazifasi dorixona xodimiga murojaat qilish, maʼlum bir dori vositalari va (yoki) tibbiy buyumni mavjudligini so‘rab murojaat qilish, tegishli xizmat ko‘rsatilishidan oldin dorixona faoliyatini kuzatish hisoblanadi.

“Sirli mijoz” tadbiri faqatgina audio yoki videokuzatuv moslamalaridan yashirin foydalanilgan holda o‘tkazilganda, amalga oshirilgan hisoblanadi.

Chat