Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

“Kelajak merosi” xalqaro mukofoti taʼsis etiladi

  • 05.11.2025
  • 22 marta o'qildi

“Kelajak merosi” xalqaro mukofotini taʼsis etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–330-son, 03.11.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti taʼsis etiladi.

Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025 yildan boshlab har yili quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazib boriladi:

▪️ adabiyot;
▪️ madaniy meros;
▪️ teatr va kino;
▪️ musiqa va raqs;
▪️ tasviriy va amaliy sanʼat;
▪️ moda va dizayn;
▪️ ilm-fan, taʼlim va raqamli texnologiyalar.

Xalqaro mukofotning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar statuetka, diplom va 10 ming AQSH dollari miqdoridagi 1 martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

G‘oliblarga Xalqaro mukofot tantanali ravishda topshiriladi.

Chat