Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etiladi

  • 12.11.2025
  • 70 marta o'qildi

“Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–210-son, 11.11.2025 y.) qabul qilindi. 

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi tuzilmasiga qo‘shimcha maslahatchi-elchi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining AQSHdagi vakili lavozimi kiritildi. 

Maslahatchi-elchi zimmasiga O‘zbekiston va AQSHda yirik va strategik investitsiya va savdo loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashabbus ko‘rsatish va muhokama qilish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, Farmonda 1 oy muddatda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan AQSH hududida qo‘shimcha konsulliklar ochish masalasi ishlab chiqilishi belgilandi.  

Bunda vatandoshlar yirik diasporalari eng ko‘p to‘plangan hududlarni (Filadelfiya, Chikago, Orlando va Sietl shaharlari) hisobga olish ko‘zda tutildi. 

Maʼlumot uchun: Prezidentning 2025 yil 4–6 noyabr kunlari AQSHga tashrifi davomida “S5+1” sammiti doirasida Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Chat