Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi belgilandi

  • 13.11.2025
  • 67 marta o'qildi

Adliya vazirligida “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qaror  (ro‘yxat raqami 3420-2, 11.11.2025 y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Ushbu hujjat bilan bir qator yangiliklar belgilandi, jumladan:

  • Endilikda mijozlar banklarda eskrou hisobvaraqlarini ochishlari mumkin (maʼlumot uchun: bu hisobvaraqlar elektron tijoratda elektron savdo maydonchalari orqali mahsulotlar oldi-sotdisi, ulushli shartnomalar bo‘yicha va boshqa sohalarda bitimlar tuzishda qo‘llaniladi).

  • Bank hisobvaraqlarini ochish uchun mijozlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning hamda o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs to‘g‘risidagi maʼlumotnomaning YAIDXP (my.gov.uz) va/yoki "Ijtimoiy karta" mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shaklini taqdim etishlari mumkin.

  • Norezident jismoniy shaxslar ilgari tegishli bankda bank hisobvarag‘ini ochgan bo‘lsa, ushbu bankda boshqa bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin.

  • 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsga ota-onadan biri yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs (qonuniy vakili) tomonidan milliy va chet el valyutasida depozit, metall hisobvaraqlar ochish mumkin.

  • 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslar milliy va chet el valyutasida depozit, metall hisobvaraqlarni mustaqil ravishda ochishlari mumkin.

Chat