“Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida ipoteka obligatsiyalarining emissiyasi va muomalasi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom Adliya azirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3700; 11.11.2025 y.).
Nizomga ko‘ra, “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ to‘lov agenti bo‘lib, ipoteka obligatsiyalari bo‘yicha foizlarni to‘lash va ularning nominal qiymatini so‘ndirish u orqali amalga oshiriladi.
Ipoteka qoplamasi tarkibiga kiritiladigan ipoteka kreditlari quyidagi shartlarga muvofiq bo‘lishi kerak, jumladan:
⇒ kreditning garovga nisbati ko‘rsatkichi 75 foizdan kam bo‘lmasligi;
⇒ ipoteka kreditini oluvchining qarz yuki ko‘rsatkichi 70 foizdan ko‘p bo‘lmasligi;
⇒ ipoteka krediti berilgan sanadan boshlab 6 oydan ko‘p muddat o‘tganligi.
Ushbu kreditlar bo‘yicha quyidagi hujjatlar mavjud bo‘lishi kerak:
▪️ ipoteka va kredit shartnomalari;
▪️ to‘lovlar jadvali;
▪️ sug‘urta polisi;
▪️ ipoteka predmeti ipotekaga beruvchiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
▪️ ipoteka shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi davlat reyestridan ko‘chirma.
Ipoteka agenti tomonidan ipoteka obligatsiyalari bo‘yicha foizlarni to‘lash va ularning nominal qiymatini so‘ndirish faqat Markaziy depozitariy orqali amalga oshiriladi.