Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Yengil sanoat korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi

  • 19.11.2025
  • 19 marta o'qildi

Hukumat qarori (729-son, 17.11.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi qoshidagi Yengil sanoatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yengil sanoat korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 

Nizom Yengil sanoatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan yengil sanoat korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlarga moliyaviy yordam quyidagi xarajatlarni to‘lab berish uchun ko‘rsatiladi, jumladan:

≈ xalqaro brendlarni jalb qilish xarajatlarini qoplab berish yo‘nalishida:

▪️ xalqaro brendlarni jalb qilish, ularning egalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, bu yo‘nalishdagi sorsing kompaniyasi xizmati xarajatlari;
▪️ transport xarajati – ekonom klass uchun;
▪️ O‘zbekiston hududida mehmonxona xarajati;
▪️ tarjimonlik xizmati;

≈ mutaxassislarni o‘qitish xarajatlarini qoplab berish yo‘nalishida:

▪️ o‘quv-treninglarida qatnashish to‘lovi; 
▪️ transport xarajati;
▪️ mehmonxona xarajati.

Moliyaviy yordam olish uchun ariza va belgilangan hujjatlar ariza qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

Agentlik 1 ish kuni davomida qabul qilingan qaror to‘g‘risida tadbirkorlarga xabarnoma yuboradi.

Chat