Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 martdan tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan ozod qilish tarzida imtiyoz berish bilan bog‘liq barcha qonunchilik hujjatlari va ko‘rsatmalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
Ushbu masalada imtiyoz berish faqat qonun orqali amalga oshiriladi.
Ekopolitsiya xodimlariga jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni (elektroshok qurilmalarini) va xizmat qurolini (rezina o‘qli, to‘r otuvchi) qo‘llash huquqi beriladi hamda ularning maxsus kiyimiga bodi kameralar o‘rnatiladi.
2026 yil 1 apreldan o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt bilan qoplangan aholi punktlarining yer maydonlarini olib qo‘yish va boshqa maqsadlar uchun ajratishga jamoatchilik tomonidan taqiq qo‘yish bo‘yicha tashabbus kiritish imkoni yaratiladi.
Bunda fuqaro davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
Yer maydoni joylashgan mahalla aholisining kamida 10 foizi taqiq qo‘yishga rozi bo‘lganda, Ekologiya qo‘mitasi tomonidan ushbu maydonni olib qo‘yish va boshqa maqsadlar uchun ajratishga taqiq qo‘yiladi.
Kadastr agentligi tegishli yer maydoni xususiy mulk hisoblanmasligi yoki boshqa yer toifasiga kirmasligini o‘rganib, ijobiy hollarda ushbu maydonga qo‘yilgan taqiqni ro‘yxatdan o‘tkazadi.