Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Yangi tezyurar temiryo‘l Toshkent va Samarqandni 1,5 soatda bog‘laydi

  • 25.11.2025
  • 37 marta o'qildi
O‘zbekistonda Toshkentning yangi xalqaro aeroporti va Samarqandning “yuragi”ni bog‘laydigan yangi tezyurar temiryo‘l qurishga hozirlik ko‘rilmoqda. Janubiy Koreyaning Saman Engineering kompaniyasi uchta yo‘nalish variantini taqdim etdi.

Yangi tezyurar temiryo‘lda Toshkent va Samarqand o‘rtasidagi qatnov vaqti 1,5 soatgacha qisqartiriladi. Bu 19-noyabr kuni davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha uchinchi davra suhbatida taqdim etilgan transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev taqdimotidan kelib chiqadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari grant ajratgan Koreya Eksimbanki ko‘magida ishlab chiqilgan. Yaqinda xarid qilingan 6 ta Hyundai Rotem poyezdi shu yil oxiridan boshlab yetkazib beriladi, 2026-yil boshidan esa yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshlaydi.

Choriyevning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchi va yuk tashish liniyalarining bir vaqtda qo‘llanishi tufayli mavjud temiryo‘l tarmog‘ining o‘tkazish imkoniyati cheklangan.

“Bitta liniyadan bir vaqtning o‘zida yuk va yo‘lovchi tashishda foydalanish imkonsiz, biz uni yanada kengaytira olmaymiz. Albatta, biz operatsion jarayonlarni optimallashtiryapmiz, lekin shu bilan birga, maxsus tezyurar temiryo‘l liniyasini qurish muhim”.

Tezyurar temiryo‘l Toshkentning yangi xalqaro aeroportini bog‘lab, Samarqand “yuragi”ga yetib boradi.

Uch variant

24-oktabr kuni Janubiy Koreyaning Saman Engineering kompaniyasi Toshkent — Samarqand temiryo‘lining uchta ehtimoliy yo‘nalishini taqdim etdi.

Birinchi variant:

  • uzunligi — 282 km;
  • harakat vaqti: 1 soat 26 daqiqa;
  • o‘rtacha tezlik — 185,7 km / soat;
  • Infratuzilma: 74 ta ko‘prik, 3 ta tunnel, umumiy uzunligi 8,9 km.

Ikkinchi variant:

  • uzunligi — 291,7 km;
  • harakat vaqti: 1 soat 33 daqiqa;
  • o‘rtacha tezlik — 179,4 km / soat;
  • Infratuzilma: 82 ta ko‘prik, 1 ta tunnel, umumiy uzunligi 16 km.

Uchinchi variant:

  • uzunligi — 302 km;
  • harakat vaqti: 1 soat 45 daqiqa;
  • o‘rtacha tezlik — 166,9 km / soat;
  • Infratuzilma: 105 ta ko‘prik, 2 ta tunnel, umumiy uzunligi 9,6 km.

Hozirda “Afrosiyob” poyezdlarida yo‘l vaqti taxminan 2 soat 13 daqiqani tashkil etadi.

Chat