Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi

  • 25.11.2025
  • 38 marta o'qildi
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi.

Shavkat Mirziyoyev «Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati maʼlum qildi.

Farmonga muvofiq, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi.

24 noyabr kuni Prezident administratsiyasi rahbari «ekologik nazoratni kuchaytirish, ifloslantiruvchi obyektlar faoliyatini cheklash, qurilishga qo‘yiladigan talablarni qatʼiylashtirish, shaharni keng ko‘lamda ko‘kalamzorlashtirish va havo sifatini nazorat qilishning zamonaviy tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar» tashabbusi bilan chiqqan edi.

Unda aytilishicha, bu chora-tadbirlar yaqin orada davlat rahbariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan prezident farmoni loyihasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo ifloslanishini kamaytirish maqsadida tezkor shtab tuzilgani va poytaxtdagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilayotganini bildirgan.

Chat