Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi belgilandi

  • 26.11.2025
  • 20 marta o'qildi
Adliya vazirligida Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 3711, 24.11.2025 y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Yo‘riqnomaga asosan, bojxona qiymati deklaratsiyasi elektron shaklda yoki qog‘ozda to‘ldiriladi. 

Bojxona qiymati deklaratsiyasidagi maʼlumotlarning to‘g‘riligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qog‘oz shakli deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.

Bojxona qiymati deklaratsiyasi 2 ta asosiy varaqlardan iborat bo‘ladi:

► deklaratsiyalanayotgan barcha tovarlarga taalluqli maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan 1-varaq;

deklaratsiyalanayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalanilgan maʼlumotlar va bojxona qiymati miqdorining hisob-kitoblari ko‘rsatiladigan 2-varaq.

Bojxona qiymati deklaratsiyasi taqdim etilgandan so‘ng bojxona organi mansabdor shaxsi bojxona qiymati deklaratsiyasining to‘g‘ri to‘ldirilganligini, tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligining dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi. 

Dastlabki tekshiruv natijasida kamchiliklar aniqlansa, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bojxona organi mansabdor shaxsi bu haqida deklaratsiyalovchi shaxsni darxol xabardor qiladi.

Kamchiliklar aniqlanmasa bojxona qiymati deklaratsiyasini rasmiylashtirish uchun qabul qiladi. 

Chat