Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

1 dekabrdan nimalar o‘zgaradi

  • 26.11.2025
  • 115 marta o'qildi

2025 yil 1 dekabrdan milliy qonunchilikda kuchga kiradigan asosiy o‘zgarishlar:

Ekologiya bo‘yicha maʼlumotlar ochiq bo‘ladi

O‘zbekiston Atrof-muhitga taalluqli masalalar bo‘yicha axborotdan foydalanish, qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning ishtiroki va odil sudlovga erishish to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Orxus konvensiyasi, Orxus shahri, Daniya, 25.06.1998 y.) qo‘shilganligi munosabati bilan Ekologiya vazirligi atrof tabiiy muhit davlat monitoringi maʼlumotlar bazasining jamoatchilik uchun ochiqligini taʼminlaydi va unga quyidagi maʼlumotlarni joylashtiradi:

  • "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida har yili ekiladigan daraxtlar va ko‘chatlar (ularning manzili, parvarishi uchun masʼul shaxslar, ko‘chat turlari va boshqalar) to‘g‘risida;

  • davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan arizalar (ariza beruvchilar, daraxtlar soni, ularning turlari va manzillari to‘g‘risida) va daraxtlarni kesish bo‘yicha o‘tkaziladigan jamoatchilik eshituvlari (sanasi, vaqti, manzili va natijalari to‘g‘risida);

  • suv havzalarida noruda materiallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bo‘yicha joriy etilgan moratoriy tartibini buzgan shaxslar to‘g‘risida va boshqalar.

Seysmologik onlayn platforma ishga tushirilmoqda

Platforma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • ehtimoliy zilzilalarning mintaqaviy akselerogrammalari bazalari;

  • respublika hududlarini ilmiy tahlillar asosida seysmik xavflilik darajasi bo‘yicha tasniflashni nazarda tutuvchi umumiy seysmik va batafsil rayonlashtirish xaritalari;

  • respublikada mavjud bo‘lgan faol tektonik yoriqlar xaritalari.

Taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqarmoqda

Quyidagilarga talab bekor qilinadi:

  • nikohlanuvchi shaxslarda FHDYO organlari tomonidan nikoh qayd etilganda, tibbiy ko‘rik natijalari taqdim etilganda, shuningdek, nikohdan ajralishda sudning hal qiluv qarori qabul qilinganda;

  • respublika hududida notarial tasdiqlangan nikoh shartnomalari asl nusxalarini notariuslar tomonidan ularning nusxasini “Notarius” ATga majburiy yuklash tartibini joriy etish hisobiga.

Chorvador va parrandachilarga subsidiyalar

2025 yil 31 dekabrga qadar davlat tomonidan quyidagilarga subsidiyalar ajratiladi:

  • chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga – xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramollarning har bir bosh soni uchun 2 mln so‘mdan, nasldor qo‘y va echkilarning har bir bosh soni uchun 400 ming so‘mdan;

  • parrandachilik xo‘jaliklariga – bir kunlik naslli jo‘jalarning har bir donasini import qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 15 ming so‘m.

Barcha mahallalar  bitta reyestrda

2025 yil 1 noyabrda yakunlangan mahallalar auditi natijasida ular to‘g‘risida to‘plangan ishonchli va dolzarb maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan mahalla fuqarolar yig‘inlarining yagona reyestri ishga tushiriladi.

"Fuqarolik jamiyati haftaligi"

Dekabr oyining birinchi kunlarida "Fuqarolik jamiyati haftaligi" boshlanadi. Uning doirasida "Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tadbirlari o‘tkaziladi. Haftalikni o‘tkazish  Prezidentning 26.08.2024 yildagi PF-124-son Farmonida nazarda tutilgan.

Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish

Yaylovlardan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi “E-yaylov” elektron platformasi ishga tushirilmoqda.

31 dekabrda nimalar tugaydi

Quyidagi xarajatlarning bir qismini qoplash tugaydi:

  • Biznesni rivojlantirish banki huzuridagi Kichik biznesga ko‘maklashish markazlari yordamida ishlab chiqilgan loyihalar doirasida import qilinadigan asbob-uskunalarni sug‘urtalash, shuningdek, xomashyo va materiallarni sertifikatlash bo‘yicha;

  • investorlarga 2025 yil 31 dekabrga qadar foydalanishga topshirish sharti bilan yangi osma dor yo‘llarini qurish va jihozlashga yo‘naltirilgan har 500 metr yo‘l uchun 1 mlrd so‘mdan, dor yo‘llari uzunligi kamida 500 metr bo‘lganda;

  • 2019 yil 5 yanvardan 2024 yil 31 martga qadar yangi mehmonxona va boshqa mablag‘larni qurish va foydalanishga topshirishni amalga oshirgan tadbirkorlik subyektlariga.

Chat