Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Aliment to‘lovchisi sug‘urta qilingan holda, to‘lovlarini taʼminlab, 3 oygacha chet davlatga borishi mumkin.

  • 27.11.2025
  • 116 marta o'qildi
Adliya vazirligi Sud hujjati asosidagi ijro hujjatlarini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxslarning Oʻzbekistondan chiqishini vaqtincha cheklash bo‘yicha vakolatli davlat organlarining hamkorligi toʻgʻrisidagi nizomga qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3196-2, 2025-yil 26-noyabr).

Unga ko‘ra:

1) Aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxslar sug‘urta polisini ilova qilgan holda iltimosnoma bilan murojaat qilganda, davlat ijrochisi ularning chet davlatga chiqishi bo‘yicha vaqtinchalik cheklovni toʻxtatib turadi;

2) Bu kabi sug‘urta turlari tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi;

3) Sug‘urta polisining mavjudligi Majburiy ijro byurosi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligining axborot tizimidan avtomatik ravishda aniqlanadi.

Aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxslar aliment to‘lovlarini to‘lash yuzasidan fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilgan holda chet davlatga uch oygacha muddatga borib kelishi mumkin bo‘ladi.

Chat