Nizom elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, saqlash va isteʼmol qilish jarayonlarida hisobga olish tizimiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Hisobga olish tizimi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
► aktiv va reaktiv energiya miqdorini hisobga oladigan hisoblagich va unga qo‘shimcha ravishda o‘rnatilgan impulsni qayd etish moslamasi, vaqt manbai va batareyasi;
► aniqlik sinfi va yuklamasini hisoblash aniqligiga mos bo‘lgan o‘lchov transformatorlari;
► ikkilamchi zanjirlar, ulash simlari, sinov bloki yoki o‘chirib-yoqish qurilmasi, yuklama rezistorlari, hisoblagich shkafi, xavfsizlik muhrlari va qulflari.
Elektr energetikasi obyektlarini loyihalashtirish jarayonida hisobga olish tizimining umumiy nisbiy xatoligi baholanishi va uni minimallashtirish bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
✅ Shuningdek, har bir hisobga olish nuqtasi bo‘yicha avtomatik tarzda maʼlumotlar jurnalini yuritish majburiy hisoblanadi.
Ushbu jurnallar kamida 5 yil muddatda saqlanishi va axborot xavfsizligi talablariga mos ravishda arxivlanishi lozim.