Nizomga ko‘ra, transport vositasining ekologik toifasi uning ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan ekologik sinfiga muvofiq belgilanadi.
Bunda transport vositalari quyidagi mezonlarga ko‘ra ekologik toifalarga ajratiladi:
▪️ “Yevro-2” va undan yuqori ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “toza” ekologik toifaga;
▪️ “Yevro-0” va “Yevro-1” ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “o‘rta” ekologik toifaga;
▪️ “Yevro-4” va undan yuqori ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “toza” ekologik toifaga;
▪️ “Yevro-3” ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “o‘rta” ekologik toifaga;
▪️ “Yevro-0”, “Yevro-1” va “Yevro-2” ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “zararli” ekologik toifaga;
Transport vositalarini ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatga olish jarayonida ularning toifalariga mos ravishda “yashil”, “sariq” yoki “qizil” rangli ekologik stikerlar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalarida ekologik operatorlar tomonidan beriladi.
Transport egasi ixtiyoriy ravishda ekologik stiker olish uchun Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga uning rasmiy veb-sayti yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
Ariza belgilangan mezonlarga muvofiq bo‘lganda, trasport vositasiga uning ekologik toifasiga mos bo‘lgan ekologik stikerlardan biri taqdim etiladi.
☑️ Ekologik stikerlar muddatsiz davrga beriladi.